"Olimpik Mobiuz" ishtirokidagi ikki o‘yin sanasi o‘zgardi

  • 7 iyun, 2024, 23:18
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

U20 O‘zbekiston terma jamoasi 3-13 iyul kunlari Qirg‘iziston mezbonlik qiladigan CAFA musobaqasida ishtirok etishi Ligaga ma’lum qilindi. Shundan kelib chiqib, terma asosini tashkil qiluvchi “Olimpik Mobiuz” ishtirokidagi ikki bellashuv sanasiga o‘zgartirish kiritish so‘ralgan.

Endilikda Proliga 12-turidan o‘rin olgan “Qo‘qon-1912” — “Olimpik Mobiuz” o‘yini bir kun avvalroq — 29 iyun sanasida bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston Kubogining 1/8 finalidan joy olgan “Olimpik Mobiuz” — “Xorazm” o‘yini ham bir kun avval — 2 iyul kuni o‘tkaziladi.

O‘zPFL matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!