Oktagon ligasi rahbariyati o‘zbekistonlik UFCga yo‘l oladigan jangchi nomini oshkor qildi!

  • 15 fevral, 2024, 16:55
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
BEPUL PROPAN

 Oktagon ligasining rahbariyati ayni vaqtda Toshkentda bo‘lib turibdi. Biz ushbu fursatdan foydalanib, ularga bir nechta savollar bilan murojaat qildik. Javoblarga liga rahbarlaridan biri Farruh Abdumavlonov javob berdi.

- Bilamizki, Oktagon promousheni Markaziy Osiyoda etakchi liga sifatida e’tirof etiladi. Aytingchi, siz kutgan proekt bo‘lyaptimi yoki yana o‘ziga xos syurprizlar kutishimiz mumkinmi?

- To‘g‘risi, hali qilinadigan ishlar ko‘p. Bosqichma-bosqich barchasini amalga oshirib bormoqdamiz. Oldinda sizlarni juda ko‘p yangiliklar kutib turibdi. O‘ylaymanki, syurpirizlardan xursand bo‘lasizlar. Umumiy olib aytganda biz hozir yarim yo‘ldamiz!

- Oktagon ligasi Almati, Toshkent, Boku, yanglishmasam Bishkek shaharlarida o‘z turnirini o‘tkazdi. Geografiya yana kengayishi mumkinmi?

- Rejamizda albatta boshqa davlatlarda ham turnirlar tashkil qilish bor. Masalan, Xitoy va Hindistonda ham o‘tkazish istagidamiz.

- O‘zbekistonda faqat Toshkentda jang kechasini tashkil etilmoqda. Biroq, yurtimizning boshqa viloyatlarida ham buni tashkil etish mumkinku?

- Bu borada ham o‘ylab ko‘rganmiz. Kelajakda Samarqand, Buxoro, Andijon shaharlarida ham o‘tkazish niyatidamiz.

- Selestion turnirini ham O‘zbekistonda o‘tkazca bo‘ladi, nazarimda?

- Ha, shu ham rejamizdan o‘rin olgan. Chunki, O‘zbekistonda juda ko‘p iste’dodlar bor va ularni kashf etish maqsadidamiz.

- UFCning va Dana Uaytning yutug‘i u muxlislarni katta janglarni uzoq kuttirmasligida deb bilaman. Oktagon ligasini ikki vazn chempionlari janglarini uyushtirishdan nima to‘xtatib turibdi?

- Albatta, buni ham ko‘rib chiqamiz.

- Xorij promoushenlari bilan qanday aloqalarni yo‘lga qo‘ymoqchisizlar?

- Jahonning kuchli 20 talik reytingidan o‘rin olgan promoushenlar bilan aloqalarimiz bor va tez orada ular bilan birgalikda o‘ziga xos proektlarni ham amalga oshiramiz.

- Jahon tajribasidan kelib chiqsak, Rizin va Bellator chempionlari , Bellator va PFL chempionlari o‘rtasida turnirlar tashkil etilmoqda. Sizlarda ham shunday ideya bormi ya’ni, birorta promoushen etakchilariga qarshi Oktagon chempionlarini jangini tashkil qilish?

- Aslini olganda bu juda qiyin bo‘ladi. Chunki, har bir promoushenning o‘zini rejalari bor. Bu borada ham o‘ylab ko‘ramiz. Biroq, jahonning 20 talik reytingidan o‘rin olgan promoushenlar bilan bunday turnirlarni tashkil qilish hozir biroz imkonsiz. Asosiy maqsadimiz jahonda ligamiz chempionlarini Osiyo chempioni degan maqomga chiqarish.

- Doston Bozorov hamda Majid Sardorov jangini tashkil qilishning qanchalik imkoniyati bor?

- Bu jangni tashkil qilishga har doim tayyormiz. Agar, sportchilarda barchasi joyida bo‘lsa, bu amalga oshadigan to‘qnashuv.

- Bekzat Almaxandan keyin Oktagon ligasidan UFCga yo‘l olishi mumkin bo‘lgan 3 ta jangchi sizning nazdingizda kimlar?

- Bu jarayon boshlangan. Anvar Abdullaev, Kerim Daidov va o‘zimiz tayyorlagan chempionlar bor. 3-jangchi hozircha sir bo‘la qolsin. Bu yilgi proektlarimizdan shular o‘rin olgan.

- Javoblar uchun tashakkur!

- Rahmat, e’tibor uchun!

Bo‘la_1

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!