
OChL. "Sharja" - "Nasaf". Jamoalar qaysi rangdagi liboslarda harakatlanishi ma’lum
Bugun Sharjadagi “Sharja” stadionida “Sharja” — “Nasaf” uchrashuvidan oldin miting bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda ertangi bellashuvga oid tashkiliy masalalar ko‘rib chiqildi.
OChL 3-tur bellashuvida maydon egalari to‘liq oq rangli liboslarda, “Nasaf” esa to‘liq ko‘k rangli liboslarda maydonga tushishi kelishib olindi.
Eslatib o‘tamiz, “Sharja” — “Nasaf” bahsi ertaga Toshkent vaqti bilan 21:00da bo‘lib start oladi.
Fikrlar
ФАКАТ ОМАД ТИЛАЙМИЗ.
Йигитларга шижоат Билан курашиб натижа олиб КАЙТИШ НАСИБ КИЛСИН.