
OChL. Masharipov jamoasining yarim finaldagi raqibi ma’lum
Kecha Osiyo Chempionlar ligasi g‘arbiy mintaqada chorak final bahslari bo‘lib o‘tdi.
Legionerimiz Jaloliddin Masharipov harakat qilayotgan "Al-Nassr" BAAning "Al-Vahda" klubini yirik 5:1 hisobida taslim etdi. Ikkinchi juftlikda Saudiyaning boshqa jamoasi "Al-Hilol" Eronning "Persepolis"ini 3:0 hisobida mag‘lub etdi.
19 oktyabr kuni "Al-Hilol" – "Al-Nassr" jamoalari final uchun maydonga chiqadi. Bugun sharqiy mintaqada ham yarim finalchilar ma’lum bo‘ladi.
Fikrlar