O, Eldor, sen juda tezkor ekansan!

  • 26 aprel, 2021, 19:15
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

Eldor Shomurodov A Seriyaning 27-turida “Jenoa”ning “Spetsiya”ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvida zaxiradan maydonga tushib, chempionatdagi to‘rtinchi golini kiritdi. Debyut mavsum uchun yomon ko‘rsatkich emas.

Tecno

Gol urilgan vaziyatda Eldor himoyachidan ortda turganiga qaramay, tezkorligi evaziga undan o‘zib ketdi va to‘pni egallab olib, mukammal zarba evaziga supergol urdi. Bu uning Italiyadagi gollari orasida eng chiroylisi bo‘ldi, deganlar ham ko‘pchilikni tashkil qilmoqda.

Italiyalik muxlislar Eldor Shomurodovning ushbu golini qizg‘in muhokama qilmoqda.

SPORTS.uz “Jenoa” ishqibozlarining ijtimoiy tarmoqlarda Shomurodov haqidagi fikrlarini jamladi va e’tiboringizga havola qilishni lozim topdi.

Pippo Rossini

Shomurodovni jamoada saqlab qolish kerak, u “Spetsiya”ga ajoyib gol uldi va g‘alabani mustahkamladi. Eldor yuqori klassli hujumchi. 30 metr masofaga to‘pni olib o‘tib, gol urish ko‘pchilikning qo‘lidan kelmaydi.

Mario Pasquali

Bugun Eldor yaxshi o‘ynadi, lekin har doim ham shunday harakat qilmaydi.

Pippo Rossini (Mario Pasquali fikriga javoban):

Eldorga to‘g‘ri baho bera olish kerak. Chempionatning birinchi yarmida vaqtini moslashishga sarfladi. Hozir holati bilan avvalgisini solishtirib bo‘lmaydi. Uni mehnatiga yarasha baholaylik.

a970b3d82cbd6dd41a350232e4d2f746

Dott Tini:

Eldor etuk futbolchi. Uning harakatlari menga ma’qul.

Stefano Nobile Debosh:

Men Eldorning doimo boshlang‘ich tarkibda o‘ynashi tarafdoriman.

Franca Casareto:

Eldor hurmatga loyiq!

Tuco Pacifico Benedicto Ramirez:

Eldor, biz bilan qol!

Simonetta Pitto:

Shomurodovdan super gol.

Andrea Croxatto:

Ajoyib tezlik va mukammal zarba.

Giuliana Barisone:

Eldor zo‘r gol urding, shunday davom et.

Thomas Mezzano:

Eldorning tanqidchilari qanisizlar?

Marco Borrini:

O, Eldor juda tezkor ekansan! Mehnating uchun rahmat.

Emiliano Invernizzi:

Eldor, o‘yiningga 10 baho. Maqsad sari olg‘a!

Davide Delfino:

Shomurodov – kamtar, samimiy, mehnatkash va juda iqtidorli yigit. Urgan goli uning iste’dodidan dalolat bermoqda.  Albatta, kuchli ligadagi ilk mavsumda pasayishlar ham, yuksalishlar ham bo‘ladi. Bu tabiiy hol. Men Eldorning ishonchga loyiq ekaniga aminman.

177476371_4508246782519540_97629738637533317_n

Stefania Fabrizio Riccio:

Eldor chempionat yakunini bezab ber!

Stefano Nobile Debosh:

Shomurodov kamtarin yigit. Qanday bo‘lishidan qat’i nazar, u doim maydonda bo‘lishi kerak!

Eldor Shomurodov va Odil Ahmedov “maxsus” termadan joy oldi!

Shomurodov Italiyaga borganidan keyin o‘zbek futbolchini “reklama” qildi!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
realshah77
25/04/2021 12:20
Omad Shomurodov har o'yinda wuday gol kutamiz
Ziyoviddin Usmanov
26/04/2021 09:06
O Eldor ishlaringa omad
&
Турсун Ғани
26/04/2021 00:55
ЭЛДОР ГОЛЛАРИНГ КЎПАЙСИН, СЕНГА ОМАД ТИЛАЙМАН. ЧЕМПИОНАТ ЯКУНИНИ БЕЗАБ БЕРИШИНГНИ ТИЛАКДОШИМАН. СПОРТ ФОРМАНГ ЗЎР БЎЛСА БУ ТЕРМА ЖАМОАГА ҲАМ ФОЙДА БЎЛАДИ ОМАД СЕНГА ОЛҒА ЭЛДОРЖОН.