
"Nyukasl" xaloskoridan ayrildi
"Nyukasl" himoyachisi Kiran Tripper jarohati tufayli yaqin vaqtlar ichida jamoasiga yordam bera olmaydi. Bu haqda "qarg‘alar" matbuot xizmati xabar berdi.
31 yoshli angliyalik futbolchi kecha "Aston Villa"ga qarshi o‘yinda oyog‘ini sindirib oldi. Uning qachon safga qaytishi borasida hozircha ma’lumot yo‘q.
Yanvar oyida "Atletiko"dan "Nyukasl" safiga kelib qo‘shilgan Kiran APL doirasida 4 ta o‘yinda ishtirok etib, 2 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Uning transferi uchun ingliz klubi 18 million evro to‘lagandi.
Fikrlar