Neymar yordamga muhtoj!

  • 27 sentabr, 2022, 22:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Pari Sen-Jermen” hujumchisi Neymar Braziliya terma jamoasi bo‘yicha rejalari bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno

30 yoshli futbolchi mamlakati bosh jamoasi tarixidagi eng zo‘r to‘purarga aylanmoqchi. Ayni paytda uning hisobida 74 ta gol bor.

Braziliya tarixida eng ko‘p to‘p kiritgan futbol qiroli Pele raqiblar darvozasini 77 marotaba ishg‘ol qilgan. Demak, Neymarning bu rekordni yangilash ehtimoli juda yuqori.

- Men terma jamoadagi gollar soni bo‘yicha Peledan o‘zib ketishga umid qilaman. Bu borada milliy jamoadagi jamoadoshlarimning yordamiga muhtojman va menga rekordni yangilashimdan ko‘maklashishlarini so‘rayman, - dedi Neymar.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!