
Neymar: Mbappe bilan munosabatimiz Messi kelganidan keyin buzildi!
“Al-Hilol” hujumchisi Neymar Braziliya internet segmentlaridan birida mashhur futbolchi Romarioga intervyu berdi.
32 yoshli forvard PSJdagi jamoadoshi Kilian Mbappe bilan ziddiyat paydo bo‘lishiga Lionel Messi sababchi ekanini ochiqladi.
- Mbappe bilan o‘rtada muammomiz bo‘lgani rost, lekin bu jamoaga kelganida o‘ta muhim o‘yinchi darajasida edi. Men uni “tilla bola” derdim, doim hazil-huzil qilardik, unga eng zo‘r futbolchiga aylana olishini aytardi. Kilian blan ko‘p muloqot qilganmiz, hatto uyimda birda taomlanardik ham.
Mbappe bilan ajoyib hamkorligimiz bor edi. Lekin PSJga Lionel Messi kelganidan keyin hammasi o‘zgardi. U meni Messidan qizg‘ana boshladi. Kelishmovchiliklar boshlandi. Mbappening o‘zini tutishi o‘zgardi, - dedi Neymar.
Qizig‘i shundaki, Parij klubida hujum uchligini tashkil qilgan Neymar, Messi va Mbappedan birortasi hozir PSJda emas. 2023 yilning yozida Messi “Inter Mayami”ga, Neymar “Al-Hilol”ga, bir mavsumdan keyin Mbappe “Real”ga o‘tib ketdi.
Fikrlar