"Neftchi"ni qanday boshqarish yuzasidan dastlabki xulosalarni chiqardim, jamoani kuchaytirish uchun sabablar etarli" - yangi bosh murabbiy Vitaliy Levchenko ilk intervyusini berdi

  • 3 iyul, 2022, 11:19
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Ma’lumki, kecha “Neftchi” klubiga 50 yoshli mutaxassis Vitaliy Levchenko bosh murabbiy etib tayinlandi. Tojikiston hamda Ukraina fuqaroligiga ega bo‘lgan Vitaliy Grigorevich bunga qadar Tojikistonning birinchi raqamli klubi – “Istiqlol”ni 2020-2022 yillar mobaynida boshqarganini bilsangiz kerak.

Tecno

O‘tgan yili Osiyo Chempionlar ligasida qanday “hunarlar” ko‘rsatishgani ham yodimizda qolgan. Levchenkoning murabbiylik ishida “Istiqlol”dagi faoliyati alohida tashrif qog‘oziga aylangan. Lekin yaqinda u erdan ketdi.

Shunga qaramay, murabbiy darhol yangi chorlovni qabul qildi. Ilgari ham Grigorevichga yurtimizdan takliflar bo‘lgan va o‘zi ham O‘zbekiston chempionatini doimiy ravishda kuzatib boradi.

Levchenko rasman “Neftchi” bosh murabbiyi sifatida tanishtirilganidan keyin o‘zining ilk intervyusini Sports.uz muxbiriga berdi.  

- Vitaliy Grigorevich, avvalo sizni “Neftchi” klubiga bosh murabbiy etib tayinlanganingiz bilan tabriklayman. Ushbu chorlovni qabul qilishingizga asosiy sabab nima bo‘ldi?

- Tabrik uchun minnatdorlik bildiraman. Meni bu erga Farg‘ona viloyati hokimi klubni boshqarish masalasi yuzasidan chaqirgandi. Suhbat davomida hokim menga jamoa oldiga qo‘yilgan vazifalarni aniq va ravshan tushuntirib berdi. Muzokara davomida biz istiqbolli rejalar haqida ham suhbatlashdik. Hammasi menga yoqdi. Asosiysi, ko‘p masalalarda fikrimiz bir joydan chiqqani sabab shartnomaga hech ikkilanmay imzo chekdim.

- Sizni bu erga dastlab kim va qachon taklif qilgandi?

- Meni klubga viloyat hokimi taklif qildi.

levchenko2

- Vitaliy Grigorevich, “Istiqlol” klubidan ketishingiz bevosita “Neftchi” bilan bog‘liqmidi?

- “Istiqlol” bilan shartnomam bekor qilingani bevosita “Neftchi” bilan bog‘liq emas. “Neftchi”dan taklif kelib tushgan mahalda men “Istiqlol”dan ketishga ulgurgandim.

- Sobiq murabbiyning oldiga qo‘yilgan vazifalar ancha jiddiy edi. Endi sizga qanday vazifalar yuklatildi?

- Mening asosiy vazifam – jamoani hozirgi o‘rnidan ancha yuqori ko‘tarishdan iborat. Shu bilan birga imkon qadar yanada yuqoriga ko‘tarilish harakatida bo‘lamiz.

levchenko3

- Jamoaning yozgi tayyorgarlik rejasi qanday? Tarkibda o‘zgarishlarga qo‘l urasizmi?

- Tayyorgarlik rejasi yuzasidan viloyat hokimi bilan gaplashib bo‘ldim. 7 iyuldan boshlab yig‘inni boshlaymiz. Tarkib borasida qanday o‘zgarishlar qilish kerakligi yuzasidan o‘sha yig‘in chog‘ida hammasini bafurja o‘rganib chiqamiz.

- Murabbiylar shtabini aniqlashtirib bo‘ldingizmi? Sizga kimlar yordam beradi?

- Mening murabbiylar shtabimga Vladimir Ejurov va Anvar Norqulov kiradi. Darvozabonlar murabbiyi sifatida Farruh Berdiev ishlaydi. O‘yinchilarning jismoniy tayyorgarligi bilan shug‘ullanishni shu vazifada ishlab kelgan serbiyalik mutaxassisni qoldiramiz.

levchenko1

- “Neftchi”ning birinchi davradagi o‘yinlarini ko‘rgan bo‘lsangiz, qanday xulosalarga ega bo‘ldingiz?

- Men bu erga kelganimdan keyin “Neftchi”ni qanday boshqarish kerakligi yuzasidan dastlabki xulosalarni chiqarishga ulgurdim. Ammo bu boradagi ma’lumotlar matbuot uchun emas.

- Bilsangiz, bu klubni uzoq yillar davomida Yuriy Sarkisyan boshqargan. Masalan, ishga kirishishdan avval u bilan gaplashish rejangiz bormi?

- Yuriy Sarkisyanga nisbatan katta hurmat bilan munosabatda bo‘laman. Ammo men tayyorgarlik ishlari va nazorat o‘yinlari o‘tkazilganidan keyingina xulosa chiqarishga o‘rganganman. Jamoani kuchaytirish uchun sabablar etarli, deb hisoblayman.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Темиров Набижон
03/07/2022 14:29
Бу хам. Уч ой ичида хайдалади. Тренерни Фарғонани ўзидан қўйиш керак эди. Нефтчи тамом бўпти қандайдир келди кеттиларни кунига қолдикми
&
03/07/2022 18:05
Жуда тугри су'зларингиз