"Neftchi" ikkinchi davraga tayyorgarlikni boshladi. Oldinda Tojikiston klubiga qarshi o‘rtoqlik o‘yini bor

  • 18 iyul, 2023, 22:24
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Neftchi" jamoasi birinchi davradan keyingi tanaffusdan foydalanib ikkinchi davraga tayyorgarlik mashqlarini qizg‘in davom ettirmoqda. Jamoa Rossiyaning "Ural" klubi bilan o‘tkazilgan xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvidan qaytgach ,to‘rt kun dam oldi.

Tecno

18 iyul kuni Vitaliy Levchenko boshchiligidagi jamoa a’zolari ikkinchi davra o‘yinlariga tayyorgarlik rejasi bo‘yicha mashg‘ulotlarni Qirgulidagi qarorgoh stadionida boshlab yubordi.

Asosiy maqsad, 21 iyulda Tojikistonning "Esxata" jamoasi bilan bo‘lib o‘tadigan o‘rtoqlik uchrashuvini yuksak saviyada yakunlab, keyingi rasmiy bahslarga har jihatdan puxta tayyorgarlik bilan borishdan iborat.

"Neftchi" matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!