"Navbahor"ni tark etgan futbolchi "So‘g‘diyona" bilan shartnoma imzoladi

  • 22 dekabr, 2022, 20:12
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Jizzaxning “So‘g‘diyona” jamoasida o‘zgarishlar yuz beryapti. Tarkibni bir qator etakchi futbolchilari tark etmoqda. Shu bois rahbariyat ularning o‘rnini munosib o‘yinchilar bilan to‘ldirish harakatiga tushib qolgan.

Tecno

Ayni chog‘da “So‘g‘diyona” yangi futbolchilar bilan muzokaralar jarayonida bo‘lib turibdi. Sports.uz jurnalisti Shuhratbek Jo‘raevning aniqlashicha, jizzaxliklar yarim himoyachi Stanislav Andreev bilan shartnoma imzoladi.

Kelasi yili 35 yoshni qarshilaydigan futbolchi joriy chempionatni “Navbahor” safida o‘tkazganidan yaxshi xabardorsiz. U namanganliklar tarkibida Superliganing 19 ta o‘yinida maydonga tushgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!