"Navbahor"da yig‘ilish. Jamoa oldiga qo‘ygan vazifa va boshqalar haqida

  • 10 yanvar, 2020, 14:38
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Navbahor” jamoasi bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis kecha kechki payt futbolchilar bilan yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Tecno

Manbaning ma’lum qilishicha, unda rossiyalik mutaxassis yangi mavsumda jamoaning oldiga yuksak maqsad, ya’ni Osiyo Chempionlar Ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritish vazifasi qo‘yilayotganligi, shunga mos ravishda endi talablar ham yuqori bo‘lishi, bundan buyog‘iga barcha o‘yinchilar intizomga qat’iy tarzda amal qilishlari lozimligi, ko‘rikdan o‘tadigan futbolchilar 10 yanvardan boshlanadigan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida mahoratlarini to‘liq namoyish etishlari, ulardan qaysilari jamoa murabbiylar shtabida yaxshi taassurot qoldirsa, yangi mavsumda “Navbahor” sharafini himoya qilishga muyassar bo‘lishlarini ta’kidladi hamda bo‘lajak yig‘inda barcha futbolchilarga kuch-quvvat tiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!