
"Navbahor" yangi mavsumga yig‘inni Toshkentda boshlaydi
Sergey Lushchan boshchiligidagi "Navbahor" yangi mavsum uchun tayyorgarlik rejasini ma’lum qildi.
Jamoa 2025 yildagi ilk o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini 6 yanvardan boshlashni rejalashtirgan. Namanganliklar mazkur sanada Toshkentda yig‘ilib, uch haftalik yig‘in o‘tkazishadi.
Mashg‘ulotlar davomida asosiy e’tibor futbolchilarning jismoniy holatlarini tiklashga qaratiladi. Yig‘in davomida o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazish rejalashtirilmagan. Biroq mashg‘ulotlarnig so‘nggi haftasida o‘yinchilarning jismoniy holatlaridan kelib chiqqan holda sparring - raqib tanlab, nazorat-sinov bahsi o‘tkazilishi yoki futbolchilar ikkiga bo‘lingan holda o‘zaro o‘yin o‘tkazishlari ham mumkin.
"Navbahor"ning Toshkentdagi tayyorgarlik rejasi yakunlangach, o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini BAAda davom ettirish rejalashtirilgan.
Fikrlar