
"Napoli" g‘alaba qozondi, ammo chorak finalga "Granada" chiqdi (video)
UEFA Evropa ligasining 1/16 final javob bahsida “Napoli” o‘z maydonida “Granada”ni qabul qildi.
Neapoldagi o‘yinda 2:1 hisobida mezbonlarning qo‘li baland keldi. Ammo dastlabki o‘yindagi 0:2 hisobidagi mag‘lubiyat Gattuzo shogirdlarini navbatdagi bosqichga chiqishdan mosuvo qildi. Shu kuni “Napoli”ga g‘alaba keltirgan gollarga Petr Zelinskiy (3') va Fabian Ruis (59') mualliflik qilgan bo‘lsa, “Granada”ning yagona golini Anxel Montoro (25') kiritdi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar