
MYuga Liga 1 da to‘purarlikga da’vogarlik qilayotgan forvard kerak
"Lion" hujumchisi Mussa Dembele faoliyatini Angliya chempionatida davom ettirishi mumkin.
Xabarga ko‘ra, 23 yoshli futbolchiga "Manchester Yunayted" qiziqmoqda. Inglizlarning skautlari "Sent-Eten" - "Lion" bahsini kuzatish uchun tashrif buyurishgan va o‘yin davomida futbolchining harakatlarini ko‘rib borishgan.
Dembele "Lion"da jamoa bosh murabbiyi Silvinoning o‘zgaruvchan taktikasi tufayli doim ham asosiy tarkibda tushmayapti. Shuning uchun, MYu boshqaruvidagilar yanvar oyida futbolchining transfer narxini arzonroq ko‘rinishida harid qilishni ko‘zlashmoqda.
Ma’lumot uchun, Dembele 2018 yildan buyon frantsiyaliklar tarkibida to‘p tepadi. Liga 1 ning joriy mavsumida 8 ta o‘yin o‘tkazib, 6ta gol urdi.
Fikrlar