
MYu qishda "Lion" hujumchisini xarid qilishga urinib ko‘rmoqchi
Football Insider nashriga ko‘ra, "Manchester Yunayted" "Lion" forvardi Mussa Dembeleni xarid qilish uchun shartnoma hozirlamoqda. Ushbu kelishuv yangi yilning dastlabki oyidayoq bo‘lishi mumkin.
Futbolchi uchun mankunianliklar 50 million evro sarflashga ham tayyorlar. Shuningdek, Dembele uchun "Everton" ham jiddiy qiziqish bildirmoqda. Liverpulliklar futbolchini kuzatish uchun Liga 1 bahslarigaa tashrif ham buyuurishgan.
23 yoshli frantsuz "Lion" tarkibida bu mavsumda 8 o‘yinda maydonga tushgan va 6 gol muallifiga aylangan.
Fikrlar