MYu Keynga ikkita muqobil variant topdi

  • 28 aprel, 2023, 16:14
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" "Tottenxem"dan Xarri Keynni qo‘lga kirita olmagan taqdirda, boshqa variantlarga ega. Jurnalist Sami Mokbelning ta’kidlashicha, "qizil iblislar" angliyalik hujumchini olib kela olmasa, A Seriyaning ikki hujumchisi - "Napoli" a’zosi Viktor Osimhen va Turinning "Yuventus" klubi forvardi Dushan Vlahovichni sotib olishga urinib ko‘radi.

Tecno

Ikkala futbolchi ham kelasi mavsumda jamoasini tark etishi mumkin. "Napoli" Osimhen uchun 150 million evro so‘ramoqda. "Keksa senyora" jamaosi esa Vlaxovich borasida bir qarorga kelmagan.

Avvalroq, “shporlar” Keyn uchun 113 million evro talab qilgani haqida xabar berilgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!