MYu himoyachisining sog‘lig‘ida muammo kuzatilmoqda

  • 14 dekabr, 2021, 17:23
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" himoyachisi Viktor Lindelyof nafas olish bilan bog‘liq muammosi yuzaga kelgani tufayli sog‘lig‘ini tekshirtirmoqda. Bu haqda "Sky Sports" xabar berdi.

Tecno

27 yoshli futbolchi bugun "Brentford" bilan bo‘lishi kerak bo‘lan o‘yinda ham qatnashishi noma’lum edi. Jamoa uning bu kasali koronavirus bilan bog‘liq emas, deb umid qilmoqda.

Ma’lumot uchun, shanba kuni "Norvich"ga qarshi bo‘lib o‘tgan bahsda Lindelyofning nafas olishi qiyinlashgan va ikkinchi taymda u maydonni tark etgan edi.

Shvetsiyalik himoyachi joriy mavsum "qizil iblislar" safida 18 uchrashuvda maydonga tushib, 2 assist muallifiga aylangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!