MYu darvozaboni MLSga ketmoqchi

  • 15 oktabr, 2020, 16:56
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" darvozaboni Serxio Romero jamoadan ketish variantlarini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda The Sun nashri ma’lum qildi.

Tecno

Argentinalik posbon Evropada transfer oynasi yopilgani uchun MLS klublaridan bo‘ladigan takliflarni ko‘rib chiqmoqchi. Bundan tashqari, u MYu rahbariyatidan o‘zini erkin agent sifatida qo‘yib yuborishni so‘ramoqda.

O‘tgan yozgi transferlar davrida Romeroga "Chelsi", "Valensiya" va "Everton" klublaridan takliflar bo‘lgan edi. Biroq MYu o‘zining moliyaviy talabida jiddiy turib olgani uchun yakunda Serxio sotilmay qoldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!