
MYu bunga rozi bo‘ladimi?
Londonning "Tottenxem" klubi "Manchester Yunayted" himoyachisi Kris Smolling uchun kurashga qo‘shildi.
Corriere dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “shporlar” 30 yoshli angliyalik futbolchini yozgi transferlar davrida sotib olishmoqchi.
Ta’kidlash kerakki, unga shuningdek "Everton" ham xaridor bo‘lmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Smolling joriy mavsumni “Roma” safida ijarada o‘tkazmoqda. U joriy mavsum 24 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta gol hamda 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning MYu bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar