Muxlislar bilan janjallashgan yulduzlar qattiq jazo oldi

  • 28 avgust, 2024, 23:10
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Janubiy Amerika futbol konfederatsiyasi – KONMEBOL Amerika kubogi yarim finalidan o‘rin olgan Urugvay va Kolumbiya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan keyin yuz bergan holat bo‘yicha qaror chiqdi.

Ma’lumki, qit’a chempionatining yarim final bahsida kolumbiyaliklarga kichik hisobda imkoniyatni boy bergan Urugvay terma jamoasining bir necha o‘yinchisi raqib jamoa muxlislari bilan janjallashgan edi.

Xalqaro tashkilot qaroriga ko‘ra, Urugvay terma jamoasi himoyachilari Matias Olivera, Ronald Arauxo va Xose Ximenes uchtadan uchrashuvga diskvalifikatsiya qilindi.

Terma jamoa etakchilaridan yarim himoyachi Rodrigo Bentankur to‘rtta uchrashuvda jamoadoshlariga yordam bera olmaydi.

Mashhur hujumchi Darvin Nunesga nisbatan beshta uchrashuvdan iborat diskvalifikatsiya qo‘llaniladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!