"Mutaxassislar Asadxo‘janing toza g‘alabasini raqibga berib yubordi" - To‘lqin Qilichev hakamlar qaroriga e’tiroz bildirdi

  • 10 noyabr, 2022, 18:08
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Boks
BEPUL PROPAN

Iordaniyaning Amman shahrida boks bo‘yicha Osiyo chempionati o‘tkazilmoqda.

Bugun bo‘lib o‘tayotgan yarim final janglari ba’zi bahsli vaziyatlarni yuzaga keltirdi. Xususan, 67 kg vazn toifasida ringga ko‘tarilgan Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jaev hakamlar qaroriga ko‘ra mag‘lub deb topildi va o‘z yurishini yarim finalda to‘xtatishga majbur bo‘ldi.

Jangdan so‘ng O‘zbekiston boks jamoasi bosh murabbiyi To‘lqin Qilichev o‘z noroziligini yashirib tura olmadi:

"O‘zingiz ko‘rdingiz, mutaxassislar Asadxo‘janing toza g‘alabasini raqibga berib yubordi. Hech qanday savolga o‘rin yo‘q edi. Mening o‘zim ham ochkolarni hisoblab bordim. Afsuski qozog‘istonlik sportchining qo‘li baland ko‘tarildi va bunga bo‘ysunishga majburmiz.

Demak, raqibni etarlicha ura olmabmiz. O‘ylaymanki, kelasi safar mana shunday voqealar bo‘lmasligi uchun yanada ko‘proq zarba berishga harakat qilamiz. Yana bir shogirdim Adhamjon Muhiddinov ham 3 raund faollik ko‘rsatgan edi. To‘g‘risi tushunmay qoldim.

Shogirdlarimizdan ko‘nglimiz to‘q, biz ular g‘alaba qozondi deb hisoblaymiz. Vaqti kelganda bizning bokschilarning qo‘li ham baland ko‘tariladi".

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!