Murodjon Ahmadaliev raqibini "yanchib tashladi"

  • 15 dekabr, 2024, 06:58
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Meksikaning Monte-Karlo shahrida katta boks oqshomi bo‘lib o‘tdi.

Tecno

E’tiborlisi, unda hamyurtimiz Murodjon Ahmadaliev ham ishtirok etib, mezbonlar vakili Espinoza Frankoga qarshi jang qildi.

12 raund etib belgilangan bahs erta yakunlandi. Dastlabki 2 raundda katta ustunlikka erishgan bokschimiz 3-raundga kelib raqibini 3 martta ketma-ket nokdaun holatiga tushirdi va hakam jangchi to‘xtatishga qaror qildi.

Shu tariqa Murodjon vaqtinchalik  WBA kamari sohibiga aylandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!