Murod Rizaev: Bundan keyingi o‘yinda ham Shomurodovni asosiy tarkibda maydonga tushishi ehtimoli ancha pastligini bilib olish qiyin emas

  • 7 mart, 2022, 10:40
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Roma" Italiya A Seriyasining 28-turida "Atalanta"ni 1:0 hisobida taslim etdi. Dzanoloning uzatmasidan so‘ng Abraxam gol urdi.

"Bo‘rilar" safida harakat qilayotgan legionerimiz Eldor Shomurodov maydonga tushmadi.

Taniqli sharhlovchi Murod Rizaev telegramdagi sahifasida Shomurodov keyingi o‘yinda ham asosiy tarkibda maydonga tushishi ehtimoli kamligi haqida fikr bildirdi.

3431581192211

- "Roma"da ikkita durangdan so‘ng ketma-ket ikkita g‘alaba. Bu yaxshi, albatta. Lekin Mourino Eldorni maydonga tushirmadi. Bundan esa 10 mart kuni "Vitess" bilan bo‘lib o‘tadigan o‘yinda ham futbolchimizni asosiy tarkibda maydonga tushishi ehtimoli ancha pastligini bilib olish qiyin emas. Qolaversa, qaysar avvallari ko‘p tavakkal qiladigan Joze ham ancha ehtiyotkor bo‘lib qolgan, - dedi Murod Rizaev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!