
Mourino “Roma”ga yangi o‘yinchi tanladi
“Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino kelasi mavsum oldidan jamoa tarkibini kuchaytirishni mo‘ljallayapti.
La Gazzetta dello Sport nashrining yozishicha, portugaliyalik murabbiy Yuri Tilemansni Rimga ko‘chirib kelmoqchi.
26 yoshli belgiyalik yarim himoyachining “Lester” bilan shartnomasi bir oydan keyin tugaydi. Tilemans hozirgi jamoasi bilan hamkorlikni to‘xtatishga qaror qilgan.
“Roma” bir necha klublar nishonida turgan Tilemansni erkin agent sifatida bepul transfer qilmoqchi.
Mourinoning o‘zi “Roma”ni yana bir mavsum boshqarishi belgilangan. Hozircha, uning klub bilan kelishuvni uzaytirishi borasida yangilik yo‘q.
Fikrlar