MMA jangchisi janjal sababli ko‘zidan ayrildi

  • 11 fevral, 14:27
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Rossiyalik aralash yakkakurash ustasi Ruslan Kraynov Krasnodardagi tungi klubga tashrif buyuruvchilar bilan yuzaga kelgan mojaro natijasida jiddiy jarohat oldi, deb xabar bermoqda "NART Fight" klubi matbuot xizmati.

Tecno

“Kecha jamoadagi birodarimiz falokatga uchradi. Ehtimol, ko‘pchilik Ruslanning bir ko‘zini yo‘qotgani haqida ham eshitgandir" - deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, Ruslan Kraynov 29 yoshda. Rossiyalik 2022 yilda professional debyutini o‘tkazib, to‘rtta g‘alaba qayd etgan, biroq hozirga qadar mag‘lubiyat alamini ta’tib ko‘rgani yo‘q.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!