MLSda tarjimonga qizil kartochka ko‘rsatildi

  • 18 iyul, 2021, 14:39
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Shanbadan yakshanbaga o‘tar kechasi MLSda “Kolorado Repidz” va “San-Xose Ertkveyks” o‘rtasidagi o‘yin bo‘lib o‘tdi.

Tecno

Uchrashuvning ikkinchi bo‘limida “San-Xose Ertkveyks” jamoasi bosh murabbiyining tarjimoni Matias Almeyda hakam bilan tortishgani uchun qizil kartochka oldi. Bosh murabbiyga esa sariq kartochka ko‘rsatildi. Bu haqda jurnalist Felipe Kardenas o‘zining tvitterdagi sahifasida e’lon qildi.

Uchrashuv 1:1 hisobida durang bilan yakunlandi. 11-daqiqada “San-Xose Ertkveyks” hisobda oldinga chiqib olgan bo‘lsa, 53-daqiqaga kelib “Kolorado Repidz” hisobni tenglashtirdi.

MLSning G‘arbiy konferentsiya jadvalida “Kolorado Repidz” uchinchi o‘rinda, “San-Xose Ertkveyks” esa o‘n birinchi o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!