
MLS klubining besh futbolchisida koronavirus aniqlandi
Kecha MLS chempionati futbolchilari mavsum restarti oldidan koronavirus infektsiyasiga yakuniy tekshiruvdan o‘tkazildi.
Yahoo! Sports nashri xabariga ko‘ra, Orlandoda o‘tkazilgan test mobaynida "Neshvill" klubining besh futbolchisida koronavirusga musbat natija olingan.
Jamoa 8 iyun kuni yangi tizimda "Chikago" bilan bahs olib borishi kerak edi. Endi ushbu o‘yinning taqdiri noma’lumligicha qolmoqda.
Fikrlar