
Mirzahakim To‘xtamirzaev: Kapadze kelsa-yu, ammo...
Xabaringiz bor, Srechko Katanets O‘zbekiston milliy terma jamoasini sog‘ligidagi muammolar tufayli tark etdi. Ayni damda uning o‘rniga kelishi kutilayotgan asosiy nomzod Temur Kapadze hisoblanadi.
"SPORTS.uz"ning "You Tube" sahifasidagi "O‘zbekcha futbol" podkasti mehmoni bo‘lgan Mirzahakim To‘xtamirzaev Kapadzening bosh murabbiy etib tayinlanishiga munosabat bildirdi.
- Temur Kapadze ushbu terma jamoadagi barcha futbolchilarning o‘yinini yaxshi biladi. Chet eldan boshqa murabbiy olib kelinsa, u futbolchilarni o‘rganishga kirishadi va dastlabki ikki bellashuvda (O‘zbekiston - Qirg‘iziston, Eron O‘zbekiston) o‘ziga xos tajriba o‘tkazishga majbur bo‘ladi. Mana shu jihat xorijdan murabbiy olib kelish variantini to‘xtatib turibdi. Agar noyabrda xorijdan murabbiy olib kelinganda, maqsadga muvaffaq bo‘lardi.
- Katanets davrida birorta uchrashuvni xotirjam yutmadik. Natija esa bo‘ldi. Katanetsning o‘zi "mendan natija so‘rang", deb aytgandi. Biroq Temur Kapadze kelsa-yu, ammo ikkinchi o‘rindan benasib qolsak, unga tushadigan ruhiy bosim haqida o‘ylayapman.
To‘liq intervyu:podkast: https://www.youtube.com/live/AfdPq6RU4j8?si=qijo_oUD7cJYjMTd
Fikrlar