"Milan" "Barselona"ga ikki tomon uchun foydali bo‘lgan taklif yubordi

  • 5 yanvar, 22:10
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Dani Olmo vaqtincha "Milan"ga o‘tishi mumkin. Bu haqda "Corriere della Sera" nashri xabar berdi.

Tecno

Ma’lumotlarga ko‘ra, Milan klubi yarim himoyachiga olti oylik shartnoma taklif qilgan. Shartnomaga ko‘ra, ispaniyalik futbolchi iyul oyida "Barselona"ga qaytishi mumkin. Qayd etilishicha, bunday qaror "Milan"ga jamoani vaqtincha kuchaytirishga, "Barselona"ga esa qiyin vaziyatdan chiqish yo‘lini topishga imkon beradi.

Avvalroq, La Liga va Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasi (RFEF) "Barselona" Danini ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etgani e’lon qilingan edi.

Bu mavsumda Olmo La Ligada 11 ta o‘yin o‘tkazib, 5 ta gol urgan. 26 yoshli futbolchining to‘liq statistikasi bilan bu erda tanishish mumkin.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!