"Metallurg" yangi bosh murabbiyni ro‘yxatdan o‘tkazdi (foto)

  • 6 aprel, 2023, 15:04
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bir necha kun avval "Metallurg" klubida chernogoriyalik murabbiylar ish boshlagani haqida xabar bergan edik. O‘zPFL matbuot xizmati bekobodliklar bosh murabbiy sifatida Vesko Steshevichni ro‘yxatdan o‘tkazdi. Unga ko‘ra, mutaxassis klub bilan shu yilning 29 noyabriga qadar shartnoma imzolagan.

Tecno

Steshevich o‘zi bilan “Metallurg” jamoasiga yordamchi sifatida Nenad Vukchevishni ham olib keldi. Nenad 48 yoshda. Futbolchilik faoliyatida hujum chizig‘ida o‘ynagan. Sobiq Yugoslaviya, Gretsiya, Shvetsiya klublarida to‘p tepgan.

Futbolchilik faoliyatini tugatgach, murabbiylik sohasida tahsil oldi. UEFA litsenziyasini qo‘lga kiritgach, o‘zi tug‘ilib o‘sgan Chernogoriyaning “Spartak” (Subbotitsa), “Petrovas”, “Podgoritsa” jamoalarida ishladi.

vesko

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!