
Messiga ikki yillik bitim yuborildi
PSJ bilan shartnomasi yakunlanib borayotgan Lionel Messi hali faoliyatini qaysi jamoada davom ettirishi noma’lum bo‘lib turibdi.
Taniqli jurnalist Nikola Skiraning ta’kidlashicha, “Barselona” prezidenti Joan Laporta Lionel Messiga agentlik qilayotgan otasi Xorxega hamkorlik shartnomasini yuborgan.
Manbaning ta’kidlashicha, bitim ikki yilga mo‘ljallangan bo‘lib, 2025 yilning 30 iyuniga qadar davom etadi.
Aslida Messi PSJni tark etib, Kataloniyaga qaytishga moyil bo‘lib turibdi. Unga PSJ loyihasi ma’qul kelmagan. Fanatlar Messiga hushtakbozlik qilayotgani ham unga yoqmayapti.
Shunga qaramay, “Barselona” Messi transferini amalga oshirish uchun transferlar rejasini La Liga rahbariyatidan tasdiqlatib olishi shart.
Fikrlar