Messiga bu mamlakatga kirish ta’qiqlanadi

  • 8 dekabr, 2022, 20:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messining Meksikaga qadam bosishi ta’qiqlanishi mumkin.

Tecno

Meksikalik deputat Mariya Garsiya Moreno mamlakat tashqi ishlar vazirligiga Lionel Messining bu yurtga kirishini ta’qiqlash taklifini kiritdi.

Bu haqda Sport Bible nashri xabar bermoqda.

Ma’lumki, Argentina va Meksika terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan keyin Lionel Messi kiyim almashtirish xonasida raqiblar sardoridan olgan futbolkani erga tashlab, oyog‘i bilan uni surib qo‘ygandi. Mana shu tasvirlar tushirilgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalganidan keyin  Messini keskin tanqid qila boshlashdi.

Kongress deputatlari palatasi tashqi ishlar vazirligini Argentina va Ispani fuqarosi Lionel Messini Qatardagi jahon chempionati uchrashuvidan keyin Meksikaga yaqqol hurmatsizlik qilganini inobatga olib, uning Meksika Qo‘shma Shtatlari hududiga kirishini ta’qiqlovchi buyruq chiqarishga chaqiradi, - deyiladi bayonotda.

Messining o‘zi yuz bergan voqea borasida fikr bildirib, bu oddiy holat ekani va uzr so‘raydigan ish qilmaganini ta’kidlagan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!