Messi “Barsa” futbolchilari “Real”dan ham yomon ko‘radigan jamoa nomini aytdi

  • 5 dekabr, 2024, 11:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Inter Mayami”da o‘ynayotgan Lionel Messi faoliyatining katta qismini “Barselona”da o‘tkazgan va bu klubning afsonasiga aylangan.

Tecno

Odatda, “Barselona”ning ashaddiy raqibi sifatida “Real” tilga olinadi. Lekin Messi kataloniyalik o‘yinchilar orasida “Real”dan ko‘ra boshqa jamoani yomon ko‘radiganlar borligini oshkor qildi.

- “Barselona”da shunday futbolchilar borki, ular “Real”dan ko‘ra ko‘proq “Chelsi”ni yomon ko‘radi. Men bu gapni aytaman, deb o‘ylamagandim.

Bundan tashqari, men “Boka Xunior” va “River Pleyt”, Braziliya va Argentina to‘qnashuvidan boshqa yuqori darajadagi raqobat bo‘lmasa kerak, deb o‘ylardim.

“Barselona”daligimda biz “Chelsi”ga qarshi maydonga tushgandan ko‘ra, “Arsenal”, “Manchester Yunayted” yoki umuman boshqa jamoa bilan to‘qnash kelishni istardik, - dedi Lionel Messi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!