
Meni hech qachon "Real"da ko‘rmaysiz!
Kataloniyaning "Barselona" jamoasi hujumchisi Lamin Yamal kelajakda Madridning "Real" klubiga o‘tish ehtimoli haqida fikr bildirdi.
- "Real Madrid"ga o‘tish? Aslo yo‘q. Bunday bo‘lishi mumkin emas, - dedi yosh hujumchi.
Eslatib o‘tamiz, 17 yoshli futbolchi "Barselona" tarbiyalanuvchisidir. U shu yoshida barcha musobaqalarda asosiy jamoa uchun 83 ta o‘yin o‘tkazib, 18 ta gol urgan va 22 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Yamalning "ko‘k-anorranglilar" bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali hujumchini 180 million evroga baholamoqda.
Fikrlar