
Maunt "Chelsi"da qolishi mumkin
"Chelsi"ni tark etishi kutilgan Meyson Maunt jamoasini o‘zgartirmasligi mumkin. Bu haqda "Times Sport" nashri xabar bermoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2024 yilning yozida tugaydi.
24 yoshli yarim himoyachini o‘z tarkibiga qo‘shib olish uchun avvalroq "Liverpul" va "Manchester Yunayted" klublari harakat qilib ko‘rdi. Ammo "Chelsi" bilan kelisha olishmadi. "Qizil iblislar" Mauntning transferiga 55 million evro sarflamoqchi edi. Bunga "aristokratlar" ko‘nmadi. Londonliklar futbolchi uchun 65 million funt istamoqda.
Mish-mishlarga ko‘ra, Meyson uchun kurashga "Bavariya" qo‘shilgan. Tomas Tuxel sobiq shogirdini yana o‘z jamoasida ko‘rmoqchi.
Fikrlar