
Marko Verratti: "PSJ omadli klub"
PSJ yarim himoyachisi Marko Verratti Frantsiya liga kubogi chorak finali doirasida "Sent-Eten" ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Bu yangi yildagi ilk o‘yiniz bo‘ldi. O‘tgan yili Frantsiya kubogining chorak finalidayoq musobaqadan chiqib ketgan edik, shuning uchun dastlabki daqiqalardanoq o‘yingaga jiddiy e’tibor qaratdik.
Ikkinchi daqiqadagi gol va qizil kartochka ishimizni ancha yongillashtirdi, biroq biz g‘alabaga haqli ham edik.
Bizning tarkibimizda dunyoning eng yaxshi 10 ta futbolchilaridan to‘rttasi o‘ynaydi. Albatta, bu bizning omadimiz. Ularning bittasini zahirada qoldirish qiyin, shu sababli bosh murabbiy o‘yin uslubimizni o‘zgartirdi", - deydi Verratti.
Fikrlar