
Mane "Man Siti" va PSJ kurashayotgan himoyachini "Liverpul"ga o‘tishga ko‘ndirmoqchi
"Napoli" himoyachisi Kalidu Kulibalining kelajagi hamon so‘roq ostida turibdi.
Le Parisien xabariga ko‘ra, himoyachi "Manchester Siti"ga o‘tishni xohlayapti va shartnoma shartlari bo‘yicha kelishib olishga ham ulgurgan.
"Napoli" senegallik futbolchini ijaraga qo‘yib yubormoqchi emas va uning transfer narxini 70-80 mln evroga baholamoqda.
Kulibalining xizmatlariga "Liverpul" klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Sadio Mane uni "mersisaydliklar" safiga o‘tishga ko‘ndirmoqchi.
Avvalroq, PSJ klubi himoyachi uchun kurashda "Man Siti"ni ortda qoldirib, 82 mln evro to‘lashga tayyor ekanligini bildirgandi. Bungacha esa, "shaharliklar" 75 mln evro va qo‘shimcha bonuslar taklif qilayotgani va futbolchiga yiliga 10 mln evro maosh berishga tayyor ekanligi ma’lum qilingandi.
Fikrlar