Mane "Liverpul"ning EChLdagi to‘purarlari ro‘yxatida 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi

  • 18 aprel, 2019, 13:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" klubi forvardi Sadio Mane kecha "Portu"ga (1:4) qarshi bo‘lib o‘tgan EChL chorak final javob o‘yinida o‘z nomiga gol yozdirib qo‘yishga erishdi.

Tecno

Bu esa 27 yoshli senegallik futbolchi uchun mersisaydliklar safida Chempionlar ligasida kiritgan 14-gol bo‘ldi. E’tiborlisi, u shu tariqa ko‘hna qit’aning klublar o‘rtasidagi eng nufuzli musobaqasida “Liverpul” safida eng ko‘p gol urgan futbolchilar ro‘yxatida afsonaviy Yan Rashga tenglashib oldi.

Bu borada “Liverpul” tarixidagi eng yaxshi to‘purar Stiven Jerrard hisoblanadi. Uning hisobida 21ta gol mavjud.

Ma’lumot uchun, Mane joriy mavsum “Liverpul” safida jami 43ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 22ta gol hamda 4ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!