
Mane "Liverpul"ning bu mavsumdagi maqsadlari nimaligini aytdi
“Liverpul” klubi forvardi Sadio Mane jamoasining mavsum davomidagi maqsadlari haqida gapirdi.
“Biz premer-liga va Chempionlar ligasida g‘alaba qozonishni xohlaymiz. Bu oson bo‘lmaydi albatta, buni hammamiz yaxshi tushunamiz. Lekin “Liverpul” so‘nggi yillarda nimalar qilayotganini ko‘rib turibsiz. Biz faqat oxirigacha kurashishga o‘zimizni majburlashimiz kerak”, - deydi senegallik futbolchi.
Ma’lumot uchun, “Liverpul” ayni damda APL musobaqa jadvalida 2-o‘rindagi jamoadan 13 ochkoga ilgarilab ketgan holda yaqqol peshqadamlik qilmoqda.
Fikrlar