
“Manchester Yunayted”dan ketaman!
“Manchester Yunayted” futbolchisi Donni van de Bek yanvarda boshqa klubga o‘tishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi.
O‘z vaqtida 40 million funtga transfer qilingan niderlandiyalik hujumkor futbolchi Angliya futboliga moslasha olmadi. Klubda ishlari yurishmayotgani ustiga jarohatlar ham unga xalaqit qilyapti.
Shu bois, Donni Manchesterga kelganidan beri uch yildan ortiq vaqt mobaynida atigi olti marta boshlang‘ich tarkibda maydonga tushdi xolos.
- Men o‘yinlarda qatnashishni sabrsizlik bilan kutyapman. Hozir murabbiy boshqa o‘yinchilarni tanlayapti. Endi yanvarda qanday yangilik bo‘lishini kutamiz. Tezroq maydonga qaytishim kerak, agar “Manchester Yunayted”da bo‘lmasa, boshqa joyda o‘ynayman.
Men futbolni yaxshi ko‘raman. “Yunayted”da hayotim yaxshi ketyapti, lekin pul asosiy maqsad emas. O‘z ishimni bajarib, rohat olishni istayman. Boshqa jamoani tanlash vaqti keldi, - dedi Donni van de Bek.
Fikrlar