“Manchester Yunayted”da porlagan o‘yinchi qamoqqa hukm qilindi

  • 12 iyul, 2024, 23:13
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” va Frantsiya terma jamoasining sobiq himoyachisi Patris Evra shartli ravishda bir yil muddatga qamoqqa hukm qilindi.

Tecno

Sud uni 2021 yilning mayidan 2023 yilning sentyabrigacha oilasini qarovsiz qoldirib, rafiqasi Sandra Evraga ziyon etkazishda aybdor, deb topdi. Bu haqida Le Parisien nashri xabar tarqatdi.

Manbaga ko‘ra, sobiq futbolchi Sandraga 4000 ming evro miqdorida ma’naviy zarar va turli to‘lovlar uchun qo‘shimcha yana 2000 evro to‘lab berishi shart.   

Bundan tashqari, Sandra Evraning advokati Patris 2020 yildan beri 969 ming evro miqdorida alimentdan qarzdor bo‘lib qolganini iddao qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!