"Manchester Yunayted" Uotkins transferi yuzasidan muzokaralar o‘tkazdi

  • 24 iyul, 16:53
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

MYu "Aston Villa" bilan Olli Uotkins transferi bo‘yicha yangi muzokaralar olib bordi.

Tecno

Jurnalist Ben Jeykobsning yozishicha, "Manchester Yunayted" angliyalik forvardni 60 million funtga baholagan "Aston Villa"ning talablarini oshirib yuborgan deb hisoblamoqda, ammo narx pasaytirilgan taqdirda bahslarni davom ettirishga tayyor.

"Aston Villa" o‘z navbatida, Uotkinsga o‘rinbosar topmaguncha futbolchining narxini tushirishni rejalashtirmayapti. Nomzodlardan biri "Chelsi" forvardi Nikolas Jekson bo‘lib, unga avvalroq ma’lum bo‘lganidek, MYu ham qiziqish bildirgan.

2024/25-yilgi mavsumda Uotkins APLda 38 ta o‘yinda 16 ta gol va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!