“Manchester Yunayted” katta transferdan voz kechdi

  • 18 yanvar, 11:51
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Manchester Yunayted” rahbariyati “Everton” markaziy himoyachisi Jarrad Brentueyt transferidan voz kechishga qaror qildi. Manbaga ko‘ra, manchesterliklar “Everton” o‘z o‘yinchisi uchun talab qilayotgan 70 million funtni juda qimmat narx, deb hisoblamoqda. 

Bosh murabbiy Ruben Amorim kelasi mavsumda ham Harri Maguayr boshchiligida tarkibdagi himoyachilarga suyanishini bildirdi. Portugaliyalik mutaxassis yaqinda shartnomasini 2026 yilning yarmigacha uzaytirgan Maguayrning o‘yinlaridan mamnun va markaziy himoyaga yangi o‘yinchi olinsa, bu kelajak uchun yosh himoyachi bo‘ladi. 

Ruben Amorim Brentueyt transferiga mo‘ljallangan mablag‘ni boshqa pozitsiyalarni kuchaytirishga yo‘naltirishni ma’qul topdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!