
“Manchester Yunayted” jamoa ichidagi “kalamush”ni qidiryapti
“Manchester Yunayted” futbolchilari klub ichida tarkib rasman e’lon qilinishidan oldin uni omma e’tiboriga olib chiqayotgan “kalamush”ni qidiryapti, deb xabar tarqatdi Daily Mail nashri.
Manbaning ma’lum qilishicha, klubning ichki gap-so‘zlarini tashqariga olib chiqilishi yangilik emas. Bu holat avvalgi bosh murabbiy Erik ten Xag boshqaruvi davrida boshlangan va Ruben Amorim rahbarlik qilayotgan paytda ham davom etmoqda.
“Manchester Yunayted”ning tajribali o‘yinchilari endi super izquvarlarga aylanib, ma’lumotlarni sizdirayotgan odamni topishga urinmoqda. Ayrim futbolchilar o‘z agentlariga bu ishlarni kim qilayotgani haqida bilishlarini ma’lum qilgan.
Ta’kidlash joizki, “Manchester Yunayted” anchadan beri natijalarini yaxshilay olmayapti. Qudratli klubning hozirgi ahvolga kelishiga sabab bo‘lgan omillardan biri ichki muhitning buzilganidir.
Fikrlar