
“Manchester Yunayted” futbolchilar orasida Erik ten Xagga qarshi kurash boshlandi
“Manchester Yunayted” nafaqat o‘yin borasida, balki ichki muhitni yaxshilash uchun ham ancha ishlarni amalga oshirishiga to‘g‘ri keladi.
Caught Offside nashrining yozishicha, “Manchester Yunayted” futbolchilar orasida bosh murabbiy Erik ten Xagning qarorlariga qarshi chiqayotgan o‘yinchilar soni ortib bormoqda.
Manbaning ta’kidlashicha, futbolchilar niderlandiyalik bosh murabbiy o‘z hamyurti Joshua Zirkzeega yon bosayotganini iddao qilmoqda. Ular yangi kelgan futbolchi samarali o‘yin ko‘rsata olmayotganiga qaramay, unga muntazam o‘yin amaliyot berilayotganidan norozi.
Bundan tashqari, “Yunayted” vakillari Erik ten Xag boshchiligidagi murabbiy shtabi Alexandro Garnochani etarli darajada o‘ynatmayotganiga jiddiy e’tiroz bildirmoqda.
Ayni paytda “Manchester Yunayted” Erik ten Xag o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan kuchli murabbiy qidirmoqda.
Fikrlar