
“Manchester Yunayted” 100 millionlik transferdan voz kechdi
“Manchester Yunayted” anchadan beri o‘ziga mos hujumchi topa olmayapti. Manchesterliklar ko‘zlagan futbolchilardan Kilian Mbappe va Harri Keyn Erik ten Xag jamoasiga o‘tmaydigan bo‘ldi.
Nomzodlar qatoriga “Atalanta” hujumchisi Rasum Xyoylunn ham kiritilgan edi. Italiyaliklar 20 yoshli futbolchi uchun manchesterliklardan 100 million evro talab qildi.
The Athletic nashrining ma’lum qilishicha, bu summa “Manchester Yunayted” rahbariyatini qoniqtirgani yo‘q va ular daniyalik forvard transferidan qoz kechdi.
Manbaning ta’kidlashicha, Angliya grandi Xyoylunni 50 million evro arofilag summaga xarid qilishni mo‘ljallagan edi.
Fikrlar