"Manchester Siti" yangi yarim himoyachi topdi

  • 4 fevral, 2024, 15:24
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Huquqlari Ispaniyaning "Jirona" klubiga tegishli bo‘lgan hujumkor yarim himoyachi Savio Angliya Premer-ligasining top-klubida ishlash imkoniyatiga ega.

Tecno

"The Athletic" nashri xabariga ko‘ra, braziliyalik vingerning xizmatlariga Angliyaning amaldagi chempioni "Manchester Siti" qiziqmoqda. Bu transferga "shaharliklar" bosh murabbiyi Pep Gvardiolaning shaxsan o‘zi qiziqmoqda.

19 yoshli futbolchi o‘tgan yozdan beri "Jirona"da to‘p surmoqda. U 2023/2024 yilgi mavsum oxirigacha Frantsiyaning "Trua" klubidan ijaraga olingan. Janubiy amerikalik futbolchining transfer qiymati 30 million evroga baholanmoqda. La Liganing joriy mavsumida Savio 23 ta o‘yin o‘tkazib, 5 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!