“Manchester Siti” Sterling o‘rniga zo‘r futbolchi topdi

  • 14 iyul, 2022, 11:55
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" "Bavariya" yarim himoyachisi Serj Gnabri atrofidagi vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda.

Tecno

Futbolchining myunxenliklar bilan shartnomasi bir yildan keyin yakuniga etadi va tomonlar kelishuvni uzaytirish bo‘yicha bir qarorga kelmagan. Gnabri "Bavariya"dan haftasiga 250 ming evro maosh talab qilmoqda, nemis klubi esa futbolchining istagini qondirishga tayyor emas.

"Manchester Siti" bu holatdan foydalanib qolishni istamoqda. “Shaharliklar” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola “Chelsi”ga o‘tgan Raxim Sterling o‘rniga hujumkor yarim himoyachi qidirmoqda va Serj esa ushbu o‘ringa mos keladigan futbolchi hisoblanadi.

“Manchester Evening News” nashri xabariga ko‘ra, agar Gnabri "Bavariya" bilan yangi shartnoma imzolay olmasa, "nemis mashinasi" futbolchini sotib yuborishga majbur bo‘ladi.

Gnabri o‘tgan mavsumda “Bavariya”ning Bundesliga doirasidagi 34 o‘yinida maydonga tushib, 14 gol va 5 assist muallifiga aylandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!