"Manchester Siti" EChL guruh bosqichida eng ko‘p gol urdi

  • 14 dekabr, 2023, 14:00
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Chempionlar ligasi guruh bosqich uchrashuvlari yakunlandi. Angliyaning “Manchester Siti” jamoasi olti uchrashuvda 18 ta gol urib, eng sermahsul jamoaga aylandi.

Tecno

"Shaharliklar" Germaniyaning "Leyptsig”, Serbiyaning  "Tsrvena Zvezda" va Shveytsariyaning "Yang Boyz" klublari bilan bir guruhda o‘ynab, birinchi bo‘lishdi. Xosep Gvardiola shogirdlari maksimal 18 ochko to‘plashdi.

Ikkinchi eng sermahsul jamoa Madridning Atletiko jamoasi bo‘ldi. "Matraschilar" bu bosqichda 7 ta gol urdi. Keyingi o‘rinlarda 16 ta gol bilan Londonning “Arsenal” va Maridning "Real" klublari joylashgan.

Eslatib o‘tamiz, “Manchester Siti” Chempionlar ligasining amaldagi g‘olibi hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!